Farishtali Uy, Odessa, Ukraina

Odessa oblastidagi «Kelajak» nogiron bolalarni reabilitatsiya qilish xayriya fondiga (Ukraina) yordam berish Chodievning Fondi faoliyatidagi uzoq muddatli loyihalaridan biri hisoblanadi.

«Kelajak» xayriya fondi 1996-yilda nogiron bolalarni tibbiy, jismoniy, ruhiy-redagogik va ijtimoiy reabilitatsiya qilish uchun mo‘ljallangan foyda keltirmaydigan jamoat va notijorat tashkiloti sifatida tashkil qilingan bo‘lib, ushbu faoliyat «Farishtali Uy» nomi bilan taniqli bo‘lgan Boris Litvak nomidagi Bolalar reabilitatsiya markazi orqali amalga oshiriladi.

Fondning asosiy maqsadi  bolalar serebral paralichiga chalingan nogiron bolalarning harakat funksiyalarini maksimal tiklash va ularning keyingi sotsializatsiyasi va jamiyatga integratsiyasini amalga oshirish maqsadida ularni reablitatsiya qilishdan iborat.

Markazda amalga oshiriladigan reabilitatsiya tadbirlarining butun kompleksi hamda pansionatda bola va unga hamrohlik qiluvchi kishining yashashi va ovqatlanishi bepul.

Markazning 22 yillik faoliyati davomida Ukrainaning barcha hududlaridan hamda yaqin va uzoq xorijdan kelgan nerv tizimi va tayanch-harakat apparatining organik patologiyasiga ega qariyb 30 000 nafar bola zarur yordamni olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yerda har kuni 150 nafargacha bemor bola davolash muolajalarini oladi.

Bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish ishlarida zamonaviy metodikalar va ilg‘or texnologiyalar qo‘llanadi. Fondda yurish ko‘nikmalariga o‘rgatish uchun eng yangi uskunalar mavjud.

Bemorlar har kuni individual DJT mashg‘ulotlarini bajaradi, massaj, gidromassaj, appartli fizioterapiya, mexanoterapiya, Voyta-terapiya, Bobat-terapiyani olishadi, maxsus davolovchi-yuklama kostyumlarda mashqlarni bajarishadi, Montessori-terapiya, art-terapiyani qabul qilishadi, O‘quv kompyuter markazida ijtimoiy moslashish bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashishadi. Markaz mutaxassislari tomonidan diagnostik tadqiqotlar, ambulatoriya konsultatsiyalari, korreksion logopedik va ruhiy-pedagogik mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

БBolaning oilasiga alohida e’tibor qaratiladi: ular uchun har kuni “Ota-onalar uchun maktab” o‘tkaziladi, unda bolaning oila a’zolari reabilitatsiya jarayonini uyda tashkil qilishga o‘rgatiladi, individual ruhiy va yuridik yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek ota-onalarga Markaz mutaxassislari tomonidan yozilgan, uy sharoitlarida bolani reabilitatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalarga ega kitob sovg‘a qilinadi.