O‘zbekiston

Chodievning Xalqaro fondi O‘zbekistonda faol xayriya faoliyati dasturiga ega. Unga bolalar uylari va internatlarni, sport tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash loyihalari hamda yaqinda tashkil qilingan, O‘zbekistonning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan “Buyuk Kelajak” deb nomlanuvchi nohukumat tashkiloti loyihasi kiradi

«Buyuk kelajak» – O‘zbekiston Respublikasidagi keng miqyosli islohotlarga ko‘maklashuvchi, yangi nohukumat tashkilotini qo‘llab-quvvatlash

Chodievning Xalqaro fondi O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalaridagi keng miqyosli islohotlarga ko‘maklashuvchi “Buyuk kelajak” nodavlat tashkilotini qo‘llab-quvvatlaydiа.

«Buyuk Kelajak» tashkiloti o‘z dasturi doirasida Ekspertlar kengashini tashkil qildi, u tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonni 2035-yilgacha rivojlantirishning strategik rejasini tayyorlamoqda.

2018-yil iyun oyida Toshkentda «Buyuk kelajak» nodavlat tashkilotining birinchi forumi o‘tkazildi, unda turli sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi 350 dan ortiq ekspert va mutaxassislar to‘plandi. Forumda beshta muhim ustuvor yo‘nalish belgilab olindi:

  • Demokratik institutlarni isloh qilish va rivojlantirish
  • Aholining turmush darajasini va ijtimoiy himoyasini oshirish
  • Sanoat va agro-sanoat kompleksini rivojlantirish
  • Moliya sektor iva kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish
  • Innovatsiyalar, fan, turizm, madaniyat, ta’lim va inson salohiyatini rivojlantirish