Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini qo‘llab-quvvatlash

Chodievning Xalqaro fondi kelajak avlodning iste’dodi va intellektual salohiyatini ochish maqsadlarida MDXMIga yordam ko‘rsatadi. Fond tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan asosiy dasturlarga stipendiya va o‘quv dasturlari hamda stajirovkalar va ilmiy tadqiqotlar orqali universitetlar orasidagi hamkorlikka ko‘maklashish loyihasi kiradi.

1996-yili Fond tashkil etilgan paytdan va MDXMI bilan hamkorlikning dastlabki kunlaridan boshlab biz ko‘plab talabalarga yordam berdik: har yili 30 ta talabalik stipendiyasi hamda butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan Yaponiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSHda o‘taladigan stajirovkalarga 100 dan ortiq grant ajratildi.

Fond Rossiya Madaniyat fondi va Xalqaro munosabatlar professional maktablari assotsiatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

Rossiya xayriya tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash

 

Bizning niyatimiz – ko‘makka muhtoj kishilarga hayotiy muhim yordamni ko‘rsatish. Fond gumanitar yordam va ta’limni qo‘llab-quvatlash sohasida maktablar, bolalar uylari va tibbiy markazlar bilan hamkorlik qiladi.

2002-yilda Fond M.V.Lomonosov nomidagi MDU bilan hamkorlikda iqtidorli bolalar uchun o‘quv muassasasini tashkil qilish yo‘li bilan «Rossiyaning kelajak intellektual salohiyatini saqlash va kengaytirish»dagi sa’y-harakatlari uchun Moskva va Butun Rus Patriarxi Aleksiy II dan rasmiy minnatdorchilik nomasini oldi. Biz bolalar xayriya tashkilotlariga ham yordam beramiz, ularning orasida Rossiyadagi eng mashhur xayriya tashkilotlari – bu rossiyalik aktrisalar Chulpan Xamatova va Dina Korzun tomonidan tashkil qilingan «Podari jizn» («Hayot in’om qil») va Rossiyaning kasal bolalar uchun eng yirik xayriya tashkiloti – Rusfond (Rossiya yordam fondi) tashkilotlarini ko‘rsatish mumkin.

J-Fest –  Rossiyada o‘tkaziladigan zamonaviy yapon madaniyati festivalini qo‘llab-quvvatlash

 

Ko‘plab yillar davomida Fond Moskvada o‘tkaziladigan J-Fest zamonaviy yapon madaniyati festivalining Bosh homiysi hisoblanadi. Festival shiori – «Yaponiya hamma uchun».

J-Fest yapon madaniyatidagi zamonaviy trendlarni taqdim etish uchun Rossiyadagi yirik maydonga aylandi, shu bilan birga, u ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy almashinuvlar sohasidagi ustuvor tadbirlardan biri hamdir. Festival mehmonlari turli leksiyalar, mahorat darslari, konsertlar, turli mavzudagi perfomanslar, shu jumladan art, xay-tek, moda, o‘yinlar, pazandalik, kino va animatsiyalarni tomosha qilishadi.

2009-yildan buyon festivalda 2 mln.dan ortiq rossiyaliklar qatnashdi