Moskva Davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI)ni qo‘llab-quvvatlash

Biz ta’lim olish imkoniyatini yengillashtirgan holda yaxshiroq jamiyatni yaratishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkinligiga ishonamiz.

Chodievning Xalqaro fondi ushbu tamoyilga asoslangan holda, kelajak avlodlarning iste’dodi va intellektual salohiyatini ochish maqsadlarida MDXMIga yordam ko‘rsatmoqda. Stipendiya va o‘quv dasturlari hamda stajirovkalar va ilmiy tadqiqotlar orqali universitetlar orasidagi o‘zaro hamkorlikka ko‘maklashish Fond tomonidan quvvatlanadigan muhim dasturlar sirasiga kiradi.

1996yili Fond tashkil etilgan paytdan va MDXMI bilan hamkorlikning dastlabki kunlaridan boshlab biz ko‘plab talabalarga yordam berdik: har yili 30 ta talabalik stipendiyasi hamda butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan Yaponiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSHda o‘taladigan stajirovkalarga 100 dan ortiq grant ajratildi.

Fond talabalar, kafedralar va turli institutlar orasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga intiladi; biz talabalarga o‘zlarining kasb muhitida aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga yordam beramiz, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantiramiz va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Hozirgi paytda hamkorlik va shaffoflik muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi; biz Chodievning Xalqaro fondida universitetlar orasida sheriklik madaniyatini mustahkamlash, xalqaro nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va talabalar va abituriyentlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi vazifalarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.

Fond Rossiya Madaniyat fondi va Xalqaro munosabatlar professional maktablari assotsiatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

Fond tashkil qilinganidan buyon MDXMIning professor-o‘qituvchilariga uy-joy taqdim etish va ularning ilmiy faoliyatiga ko‘maklashish orqali yordam berib keladi.

Bizning MDXMI uchun mo‘ljallangan asosiy dasturlarimiz:

MDXMI haqida

Moskva Davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI) Rossiyadagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lib, u Rossiya Tashqi ishlar vazirligining boshqaruvi ostidadir. Universitet ikkita kampusga, o‘nta fakultetga va uchta institutga ega. Har yili MDXMIda Rossiya va boshqa mamlakatlardan 8000 mingga yaqin talaba tahsil oladi.

MDXMI bakalavriat va magistratura talabalari uchun xalqaro huquq, siyosatshunoslik va iqtisodiyotdan tortib, to jurnalistika, korxona va energetika siyosatini boshqarishgacha bo‘lgan dasturlarning keng turlarini taqdim etadi.

MDXMI talabalarga 1 200 dan ortiq o‘qituvchilar bilan faol muloqot imkoniyatini taqdim etmoqda, ushbu o‘qituvchilarning orasida Rossiya Fanlar akademiyasining 20 nafar to‘liq huquqli a’zosi va a’zolari, 113 nafar fan doktori va 400 nafar fan nomzodi bor.

Universitet oxirgi 60 yil ichida butun dunyodan tahsil olish uchun keladigan talabalar uchun rus uyiga aylandi, u dunyoning turli burchaklaridan kelgan 6000 dan ortiq talabani tayyorlaydi va ularning ham xususiy, ham davlat sektorida yetakchi sifatida ravnaq topishi uchun poydevor yaratadi. Bugungi kunda MDXMI dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidagi 170 dan ziyod universitet va institutlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.