Chodieving Xalqaro fondi yigirma yildan ortiq davr mobaynida butun dunyodagi yoshlarning hayotini yaxshilash va o‘zgartirish ustida tinmasdan ishlamoqda.

1996-yilda tashkil etilgan, dastlab MDXMI talabalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ularga grantlar va stipendiya dasturlarini taqdim etishni maqsad qilgan Chodieving Xalqaro fondi endilikda fan, san’at va bolalikni qo‘llab-quvvatlovchi haqiqiy xalqaro markazga aylangan.

Ko‘makka muhtoj kishilarga hayotiy muhim yordamni ko‘rsatishga bo‘lgan intilishga tayangan holda, Chodievning Fondi o‘z missiyasini yoshlarga o‘zining bor salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini taqdim etishda va oxir-oqibatda qashshoqlik va azob-uqubatlardan xoli tinch jamiyatni barpo etishda ko‘radi.

Missiyamiz

Chodievning Xalqaro fondining missiyasi Markaziy va Sharqiy Osiyoda akademik yutuqlar, ijodiy salohiyat va innovatsiyalarni ilgari surishdan iborat:

  • Biz, muhtojlarga ko‘maklashgan, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqara olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarning iste’dodini tarbiyalagan holda sog‘lomroq va savodliroq jamiyatni yaratish ustida ishlaymiz.
  • Bizning ta’lim va tadqiqotchilik dasturlarimiz kelajak avlodlar iste’dodini va intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
  • Biz o‘zimiz amalga oshirayotgan loyihalarning keng doirasida ta’lim, sog‘liqni saqlash va san’at sohalarida sezilarli yutuqlarga erishishni niyat qilganmiz.
  • Biz xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hamkorlarimiz bilan faol ishlamoqdamiz.
  • San’atni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro dasturimiz tufayli biz Rossiya va Yaponiya o‘rtasida yaqin madaniy aloqalarni rivojlantirishga intilmoqdamiz.

Qadriyatlarimiz

  • Biz har bir inson bilim olishi kerakligiga va intellektual rivojlanish ham, imkoniyatlarni kengaytirish kabi, hayotni o‘zgartirishga qodir ekaniga ishonchimiz komil.
  • Biz qashshoqlik va azob-uquqbatlarga qarshi kurashishda ta’lim eng qudratli qurol deb hisoblaymiz, undan dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun foydalanish mumkinligiga ishonamiz.
  • Biz madaniy aloqalar insonlar o‘rasida ham, mamlakatlar o‘rtasida ham o‘zaro hurmat, o‘zaro tushunish va do‘stlikning mustahkamlanishiga olib kelishiga; milliy ilmiy muassasalar, hukumatlar va kattaroq hamjamiyat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish esa davlatlar o‘rtasida uyg‘un munosabatlarni yaratishiga ishonamiz.
  • Biz har bir inson tibbiy xizmatdan foydalanishga, adolatli munosabatga va teng imkoniyatlarga ega bo‘lishga haqli deb hisoblaymiz.
  • Biz barcha odamlar iqtisodiy, fuqarolik va madaniy hayotda erkin qatnashadigan jamiyatga ishonamiz.