Fattoh Kayumovich Shodiev

Fattoh Kayumovich Shodiev – tadbirkor, ilmiy ishlar muallifi va mecenat.

Fattoh Kayumovich 1953-yil 15-aprelda O‘zbekistonda tug‘ilgan.

1976-yilda Moskva Davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI)ni “Xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha  a’lo baholarga tamomlagan. Yapon va ingliz tillarini mukammal biladi. Keyinchalik siyosatshunoslik bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

U universitet Vasiylik kengashining hamda MDXMIni rivojlantirish fondining a’zosi. Shuningdek Fattoh Kayumovich Chodievning Xalqaro fondining asoschisi va raisi hisoblanadi.

1978-yildan boshlab janob Shodiev SSSRning Yaponiyadagi Savdo vakolatxonasida maslahatchi va SSSR TSVning Rossiya-Yaponiya iqtisodiy munosabatlari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

1989-yilda Fattoh Kayumovich xalqaro tog‘-kon kompaniyasiga asos soladi, hozirda u Eurasian Resources Group (ERG), ya’ni foydali qazilmalarni qazib chiqarish va boyitish sohasidagi jahonning yetakchi diversifikatsiyalangan guruhlaridan biri sifatida ma’lum. Shuningdek Fattoh Kayumovich Markaziy Osiyodagi yetakchi bank guruhlaridan biri bo‘lgan «Yevrosiyo banki» AJni hamda Qozog‘istonda eng yirik sug‘urta kompaniyasi hisoblangan «Yevrosiyo» sug‘urta kompaniyasini tashkil qildi. Janob Shodiev Qozog‘iston Respublikasi Tabiiy Fanlar Akademiyasining a’zosi hisoblanadi.

Fattoh Kayumovich ayniqsa Rossiya va Markaziy Osiyoda taniqli mecenat hisoblanadi, u so‘z erkinligi himoyachisi, bilim olish va san’atdan bahra olish imkoniyati hamma uchun ochiq bo‘lishi tarafdoridir.

2005-yilda janob Shodiev davlat oldidagi xizmatlari, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga qo‘shgan sezilarli hissasi uchun Qozog‘iston Respublikasining “Kurmet” ordeni bilan mukofotlandi. Xuddi shu yili u “Demokratiya va iqtisodiy erkinlikni rivojlantirgani uchun” Avraam Linkoln medali bilan ham taqdirlandi. 2011-yilda Qozog‘iston rivojiga qo‘shgan hissasi hamda faol sanoat, ilmiy va ijtimoiy-madaniy faoliyati uchun III darajali “Baris” ordeni bilan mukofotlandi.

2014-yilda janob Shodiev Yaponiyaning birinchi xonimi Akie Abening Yapon san’ati homiylari jamiyatining faxriy a’zosi hamda Rossiya Federatsiyasi Yaponiyashunoslari assotsiatsiyasining faxriy Raisiga aylandi.

Janob Shodiev o‘zbek, rus, yapon va ingliz tillarida erkin so‘zlashadi. Oilali, o‘g‘li, ikki nafar qizi va to‘rt nafar nevarasi bor.


 

Munisa Shodiyeva

Munisa Shodieva – to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va xususiy kapitalni boshqarish sohasida tajribali mutaxassis, xalqaro korporativ boshqaruv sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega. U ko‘p yillar davomida jahonning yetakchi metallurgiya kompaniyalaridan biri bo‘lgan ENRC PLC kompaniyasida qator rahbar lavozimlarda ishladi, xususan, Bosh yuriskonsult o‘rinbosari, Korporativ moliya bo‘yicha vitse-prezident, Kommunikatsiyalar bo‘yicha direktor va Investorlar bilan aloqalar bo‘yicha direktor sifatida faoliyat ko‘rsatdi.

Bugungi kunda Munisa tabiiy resurslar, zeb-hasham buyumlari va texnologiyalar sektoriga mo‘ljallangan ko‘p profilli global investitsiya portfelini muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda. Shuningdek u Vault Couture kompaniyasining Bosh direktori hisoblanadi.

Shodieva xonim faol filantropik faoliyatni yuritadi. U Chodievning Xalqaro fondining direktori bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab qator xayriya dasturlarini, ayniqsa Great Ormond Street va Britaniya moda kengashini qo‘llab-quvvatlaydi.

Munisa rus, ingliz, fransuz va o‘zbek tillarida erkin so‘zlashadi. U Belgiya va Buyuk Britaniyada ta’lim olgan (1998-yilda Huquq bakalavri) va Stanford University (AQSH)da rahbarlar dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan. Ayni paytda Shodieva xonim Moskva Davlat xalqaro munosabatlar institutida fan nomzodi darajasini olmoqda.


 

Sobir Shodiyev

Sobir Shodiev – investitsiyalar va xususiy kapitalni boshqarish bo‘yicha tajribali mutaxassis. Ayni paytda ko‘chmas mulk va texnologiyalar sektorida global investitsiya portfelini boshqaradi.

Oxirgi o‘n yillar davomida Yetakchi xalqaro tog‘-kon kompaniyalaridan biri bo‘lgan Eurasian Resources Group (ERG) Kuzatuv kengashi raisining Maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatdi.

Xayriya faoliyatida faol qatnashar ekan, Sobir Chodievning Xalqaro fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Vasiylik kengashining a’zosi hisoblanadi. Shuningdek u «Buyuk Kelajak» nodavlat tashkilotining muassislaridan biri hisoblanadi. Ushbu tashkilot O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga komaklashmoqda.

Sobir rus, ingliz, fransuz, o‘zbek tillarini biladi, u University College London’ni va Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya akademiyasini tamomlagan. Shuningdek Sabir Shodiev INSEAD biznes-maktabida boshqaruv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan, u Harvard Business School bitiruvchisi.