Asoschimiz – Fattoh Kayumovich Shodiev haqida

patokh chodiev

Fattoh Kayumovich Shodiev tadbirkor, ilmiy ishlar muallifi va mecenat.

Fattoh Kayumovich 1953-yil 15-aprelda O‘zbekistonda tug‘ilgan. 1976-yilda Moskva Davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI)ni “Xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha  a’lo baholarga tamomlagan. Yapon va ingliz tillarini mukammal biladi.

Keyinchalik siyosatshunoslik bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

1978-yildan boshlab janob Shodiev SSSRning Yaponiyadagi Savdo vakolatxonasida maslahatchi va SSSR TSVning Rossiya-Yaponiya iqtisodiy munosabatlari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

1989-yilda Fattoh Kayumovich xalqaro tog‘-kon kompaniyasiga asos soladi, hozirda u Eurasian Resources Group (ERG), ya’ni foydali qazilmalarni qazib chiqarish va boyitish sohasidagi jahonning yetakchi diversifikatsiyalangan guruhlaridan biri sifatida ma’lum. Shuningdek janob Shodiev Markaziy Osiyodagi yetakchi bank guruhlaridan biri bo‘lgan «Yevrosiyo banki» AJni hamda Qozog‘istonda eng yirik sug‘urta kompaniyasi hisoblangan «Yevrosiyo» sug‘urta kompaniyasini tashkil qildi. Janob Shodiev Qozog‘iston Respublikasi Tabiiy Fanlar Akademiyasining a’zosi hisoblanadi.

Fattoh Kayumovich ayniqsa Rossiya va Markaziy Osiyoda taniqli mecenat hisoblanadi, u so‘z erkinligi himoyachisi, bilim olish va san’atdan bahra olish imkoniyati hamma uchun ochiq bo‘lishi tarafdoridir.

2005-yilda janob Shodiev davlat oldidagi xizmatlari, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga qo‘shgan sezilarli hissasi uchun Qozog‘iston Respublikasining “Kurmet” ordeni bilan mukofotlandi.

Xuddi shu yili u “Demokratiya va iqtisodiy erkinlikni rivojlantirgani uchun” Avraam Linkoln medali bilan ham taqdirlandi. 2011-yilda Qozog‘iston rivojiga qo‘shgan hissasi hamda faol sanoat, ilmiy va ijtimoiy-madaniy faoliyati uchun III darajali “Baris” ordeni bilan mukofotlandi.

2014-yilda janob Shodiev Yaponiyaning birinchi xonimi Akie Abening Yapon san’ati homiylari jamiyatining faxriy a’zosi hamda Rossiya Federatsiyasi Yaponiyashunoslari assotsiatsiyasining faxriy Raisiga aylandi.

Fattoh Kayumovich o‘zbek, rus, yapon va ingliz tillarida erkin so‘zlashadi. Oilali, o‘g‘li, ikki nafar qizi va to‘rt nafar nevarasi bor.