Chodievning Xalqaro fondi yigirma yildan ortiq davr mobaynida butun dunyodagi yoshlarning hayotini yaxshilash va o‘zgartirish ustida tinmasdan ishlamoqda. Fond o‘zining O‘tgan faoliyat yillari davomida jahonning o‘ndan ortiq mamlakatini qamrab olgan 1000 dan ziyod loyihani hayotga tatbiq etdi.

1996-yilda tashkil etilgan, dastlab MDXMI talabalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ularga grantlar va stipendiya dasturlarini taqdim etishni maqsad qilgan Chodieving Xalqaro fondi endilikda fan, san’at va bolalikni qo‘llab-quvvatlovchi haqiqiy xalqaro markazga aylangan.

Ko‘makka muhtoj kishilarga hayotiy muhim yordamni ko‘rsatishga bo‘lgan intilishga tayangan holda, Chodievning Fondi o‘z missiyasini yoshlarga o‘zining bor salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini taqdim etishda va oxir-oqibatda qashshoqlik va azob-uqubatlardan xoli tinch jamiyatni barpo etishda ko‘radi.

Bugungi kunda Fond faoliyati stipendiya va o‘quv dasturlarini amalga oshirishni, ilmiy adabiyotlarni nashr etishni, ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishga, san’at va madaniyat sohasidagi loyihalarga o‘z hissasini qo‘shishni, xalqaro munosabatlarni rivojlantirishni, shuningdek maktablar, bolalar uylari va bolalar tibbiy markazlarini qo‘llab-quvvatlash kabi qator gumanitar loyihalarni o‘z ichiga oladi.

Fond faoliyati uchta asosiy tamoyilga asoslangan:

Ta’lim – Moskva Davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI)ni qo‘llab-quvvatlash

Biz ta’lim olish imkoniyatini yengillashtirgan holda yaxshiroq jamiyatni yaratishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkinligiga ishonamiz. Chodievning Xalqaro fondi ushbu tamoyilga asoslangan holda, kelajak avlodlarning iste’dodi va intellektual salohiyatini ochish maqsadlarida MDXMIga yordam ko‘rsatmoqda. Stipendiya va o‘quv dasturlari hamda stajirovkalar va ilmiy tadqiqotlar orqali universitetlar orasidagi o‘zaro hamkorlikka ko‘maklashish Fond tomonidan quvvatlanadigan muhim dasturlar sirasiga kiradi.

Madaniyatlararo munosabatlar – Rossiya-Yaponiya munosabatlarini rivojlantirish

Madaniyat – bu odamlar o‘rtasida ham, mamlakatlar o‘rtasida ham o‘zaro hurmat, tushunish va do‘stlikni mustahkamlash uchun universal asosdir. Milliy ilmiy muassasalar, hukumatlar va kattaroq hamjamiyat orasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish davlatlar o‘rtasida uyg‘un munosabatlarni yaratish asosida yotadi.

Janob Shodiev MDXMIda yapon tilini o‘rganish jarayonida Yaponiyaga va uning madaniyatiga bo‘lgan muhabbatini yanada rivojlantirgan holda, Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi madaniy va akademik dialogni yaxshilashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Buning natijasida, bugungi kunda Chodievning Xalqaro fondi Rossiyada yapon madaniyatini, Yaponiyada esa rus madaniyatini ommalashtirish bilan faol shug‘ullanmoqda, xalqaro tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlamoqda va MDXMI talabalariga yapon universitetlarida o‘qish uchun grantlar taqdim etmoqda.

Bolalarga yordam

Chodieving Xalqaro fondi har bir inson tibbiy xizmatdan foydalanishga, adolatli munosabatga va teng imkoniyatlarga ega bo‘lishga haqli deb hisoblaydi. Bizning xayriya faoliyatimiz taqdir taqozosi bilan noqulay yoki qaltis vaziyatga tushib qolganlarga yordam berishga qaratilgan.

Fond ko‘plab bolalar xayriya tashkilotlariga, reabilitatsiya markazlariga, bolalar uylari va internetlarga ko‘mak beradi.