Chodievning Xalqaro fondi har bir inson tibbiy xizmatdan foydalanishga, adolatli munosabatga va teng imkoniyatlarga ega bo‘lishga haqli deb hisoblaydi. Bizning xayriya dasturimiz taqdir taqozosi bilan adolatsiz ravishda noqulay yoki qaltis vaziyatga tushib qolganlarga yordam berishga qaratilgan.

Fond ko‘plab bolalar uylariga, reabilitatsiya markazlariga va oilaviy boshpanalarga ko‘mak beradi. Biz bolalar xayriya tashkilotlariga ham yordam beramiz, ularning orasida Rossiyadagi eng mashhur xayriya tashkilotlari – bu rossiyalik aktrisalar Chulpan Xamatova va Dina Korzun tomonidan tashkil qilingan «Podari jizn» («Hayot in’om qil») va Rossiyaning kasal bolalar uchun eng yirik xayriya tashkiloti – Rusfond (Rossiya yordam fondi) tashkilotlarini ko‘rsatish mumkin.

Biz 12 yildan ortiq davr mobaynida Boris Litvak nomidagi «Farishtali Uy» Odessa reabilitatsiya markazi bilan hamkorlik qilib kelmoqdamiz.

Shuningdek biz O‘zbekiston va Qozog‘istonning turli hududlaridagi nogiron bolalar uchun internatlar va bolalar uylarini qo‘llab-quvvatlamoqdamiz.